JSST: Diareya yiliga yarim milliondan ziyod bolalar o‘limiga sabab bo‘lmoqda

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 57
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:58
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti diareya kasalligi bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, xalq orasida ichburug‘ deb ataluvchi bu dard besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasidagi o‘lim holatlarining ikkinchi asosiy omilidir.

Ushbu xastalik har yili dunyo bo‘yicha 525 ming nafar o‘g‘il-qizning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda. Tahillarga ko‘ra, diareya aksariyat hollarda ifloslangan oziq-ovqat va suv iste’moli oqibatida yuzaga keladi va rivojlanadi. (https://telegra.ph/file/8a32e6a11133088eb635b.jpg)

Bu boradagi vaziyat, afsuski, hamon xavotirli. Chunki Yer yuzida qariyb 780 million kishi toza ichimlik suvidan, 2,5 milliard odam esa oddiy sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum.

Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda ahvol yomon. Bunday mintaqalarda uch yoshgacha bo‘lgan bolalar yiliga o‘rtacha uch marta o‘tkir diareya bilan og‘rishi hisob-kitob qilingan. Negaki, to‘yib ovqatlanmagan yoki immuniteti zaif kichkintoylar o‘rtasida ichburug‘ga chalinish xavfi yuqori.

Mutaxassislar ilgari diareya bilan bog‘liq o‘lim holatlariga asosan organizmning suvsizlanishi va suyuqlik yo‘qotishi sabab bo‘ladi, degan fikrda edi. Ammo endi xulosalar o‘zgargan.

Boisi, ayni paytda diareya bilan bog‘liq o‘lim holatlari ortishida septik bakterial infeksiyalarning ulushi yuqori. Shu tufayli ichburug‘ning tarqalish statistikasi rivojlangan davlatlarda ham bir qadar oshgan.
Kasallik chog‘ida organizmga tushgan ba’zi bakteriyalardan ajralgan toksinlar qonga so‘rilib, butun tanani zaharlaydi. Oqibatda 2 soatdan 2 kungacha bo‘lgan inkubasion davrda diareyaning ilk belgilari namoyon bo‘ladi.
Holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, ichning suyuq yoki qon aralash ketishi, tana harorati ko‘tarilishi, qorin og‘rishi, dam bo‘lishi kabi simptomlar shular jumlasidan.
Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u ichaklarning buralib qolishi, parez, ya’ni falajlik, infeksion-toksik shok, neyrotoksikoz kabi og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, JSST o‘z hisobotida toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish orqali kasallik xavfini kamaytirish mumkinligini eslatib o‘tadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati