Mbappe Anri bilan tenglashdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:14
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasining eng yaxshi assistentlari reytingida afsonaviy Tyerri Anrini bilan tenglashdi.

Parijliklar yetakchisi Chili terma jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvining 19-daqiqasida Yusuf Fofanaga golli uzatmani amalga oshirdi. Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Mbappe endilikda “uch ranglilar” safida 27 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida (46 ta gol) o‘sha Tyerri Anri (51) va Olive Jirudan (56) keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati