Xitoyda vodorodda harakatlanadigan poyezd muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:02
Xitoy vodorodda harakatlanadigan birinchi mahalliy poyezdni muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazdi.

Ushbu tarixiy sinov Jilin provinsiyasining Chanchun shahrida bo‘lib o‘tdi. «CRRC Changchun Railway Vehicles» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan poyezd to‘liq yuklanganda soatiga 160 kilometr tezlikka erishgan.

«Muvaffaqiyatli sinov vodorod energiyasi texnologiyasini temir yo‘l transportida qo‘llashda katta yutuq bo‘ldi», deydi ishlab chiqaruvchilar.

Qazib olinadigan yoqilg‘ida yoki havo elektr uzatish liniyalarida ishlaydigan an’anaviy poyezdlardan farqli o‘laroq, innovasion Xitoy poyezdi vodorod bilan ishlaydigan harakatlantiruvchi tizimga ega.

Sinov ma’lumotlari har bir kilometrga atigi 5 kilovatt-soat o‘rtacha energiya sarfini ko‘rsatdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati