Merilend shtati Baltimor shahridagi ko‘prikning qulashi oqibatlari haqida ma’lumot berildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 09:00
Kecha AQShning Merilend shtati Baltimor shahridagi Frensis Skott Ki avtomobil ko‘prigiga yuk kemasi urilib, qulatib yuborgani xabar qilingan edi. Bu vaqtda ko‘prik uzra avtomobillar harakati to‘xtatilgan edi.

Ko‘prikka Singapur bayrog‘i ostida suzayotgan 300 metrli "Dali" konteyner tashuvchi kemasi kelib urilgan. AQShning kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi bo‘yicha federal agentligi oshkor qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik tayanchiga kelib urilishidan avval "Dali" kemasi boshqaruvni yo‘qotgan.

Merilend shtati transport vaziri matbuot anjumanida ikki kishi suvdan olib chiqilgani va olti kishi bedarak yo‘qolganini aytgan. Ular suvga cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi BBC. Suvdan qutqarilgan va bedarak ketganlarning barchasi to‘qnashuv yuz bergan tunda ko‘prikdagi yo‘l qoplamasini ta’mirlayotgan ishchilar bo‘lishgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati