Kazadei Chelsini tark etmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 08:56
"Chelsi" yarim himoyachisi Chezare Kazadei jamoani tark etish haqida jiddiy o‘ylamoqda. Italiyalik futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini “Lester”da o‘tkazdi.

Yanvar oyida "Chelsi" 21 yoshli futbolchini ijaradan qaytarib oldi, ammo Maurisio Pochettino uni kamdan-kam hollarda maydonga tushiradi. Jurnalist Nikolo Shkiraning so‘zlariga ko‘ra, Kazadei endi klubini o‘zgartirishdan manfaatdor.

Yarim himoyachiga da’vogarlar orasida allaqachon A Seriyaning 3 nafar nomi oshkor etilmagan vakili bor. Chezare Kasadeini 2022 yilning yozida “Chelsi” “Inter”dan deyarli 15 million yevroga sotib olgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati