Musiala: Hozir faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatyapman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 08:06
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala hozirgi formasi haqidagi savolga javob berdi. 21 yoshli futbolchi seshanba kuni Niderlandiyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida (2:1) golli uzatmani amalga oshirdi.

"Men hozir eng yaxshi holatdamanmi? Ha, men hozir faoliyatimdagi eng yaxshi futbolni o‘ynayotgandek his qilyapman. Oldinga qadam tashlaganimni tushunaman.

Butun mavsumda barqaror o‘ynadim, lekin ba’zida samarali harakat yetishmayotgandim va 2024 yilda bu borada hammasi yaxshi ketmoqda. Xuddi shu ruhda davom etishni istayman, qattiq mehnat qilaman”, - dedi Musiala.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati