Inter hujumchi pozisiyasi uchun ikkita asosiy maqsadni belgilab oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 07:46
Milanning "Inter" klubi yozgi transfer oynasida hujumni kuchaytirish niyatida. "Neradzurrilar" rahbariyati ikkita variantdan birini tanlashi kerak. Ular "Jenoa"dan Albert Gudmundsson va "Napoli"dan Jakomo Raspadoridir.

Aynan mana shu ikki hujumchi klub tomonidan keyingi mavsum uchun asosiy transfer maqsadlari sifatida belgilangan, deb xabar beradi Corriere dello Sport. Milan grandi ikkita futbolchidan faqat bittasini tanlashi kerak bo‘ladi.

Transfermarkt portali 26 yoshli Albert Gudmundssonni 22 million yevroga baholagan. U joriy A Seriyada 27 uchrashuvda 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Jakomo Raspadorining narxi esa 28 mln yevroni tashkil qiladi. 24 yoshli italiyalik chempionat doirasidagi 29 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati