O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston OTJ Qatar ustidan g‘alaba qozondi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 06:04
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida 26 mart, seshanba kuni Qatarga qarshi maydonga tushdi.Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisob ochildi. Alisher Odilov raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘lim Timur Kapadze shogirdlarining kichik ustunligida yakunlandi.Ikkinchi bo‘lim boshida esa Qatar hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada esa Husayn Norchayev penaltini aniq amalga oshirib, O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.78-daqiqada Alibek Davronov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda O‘zbekiston OTJ bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Shunga qaramasdan Olimpiya terma jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.Dohadagi yig‘in davomida jamoalar 23 mart kuni ham nazorat o‘yini o‘tkazgan edi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.O‘rtoqlik o‘yini26 mart, seshanbaQatar U-23 – O‘zbekiston U-23 - 1:2O‘zbekiston U-23: Vladimir Nazarov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Alibek Davronov, Asadbek Rahimjonov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo‘riyev, Umarali Rahmonaliyev, Jasurbek Jaloliddinov, Alisher Odilov, Husayn Norchayev, Otabek Jo‘raqo‘ziyev.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati