Ispaniya bosh murabbiyi: Buni eshitib uyaldim

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 8
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 05:18
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Santyago Bernabeu"da Alvaro Morataga hushtak chalgan muxlislarni tanqid qildi.

Ispaniya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:3) "Atletiko"ning amaldagi futbolchisi, avvalroq "Real"da o‘ynagan futbolchini "Santyago Bernabeu" tomoshabinlari unchalik iliq kutib olishmadi. "Qizil furiya" boshqaruvchisi bunga munosabat bildirdi.

“Morataga nisbatan hushtaklar? Yurtimizda milliy terma jamoamiz futbolchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan sardorga nisbatan hushtaklar meni qattiq xafa qildi. Bu haqiqatan ham og‘riqli. Buni eshitib, uyaldim”, dedi de la Fuente o‘yindan keyingi intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati