Markizio Barellani dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb biladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 27-03-2024, 00:30
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Klaudio Markizio "Inter" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barellaning saviyasiga baho berdi.

27 yoshli futbolchi yaqinda "adzurra" safida ilk bor sardorlik bog‘ichida o‘ynadi. Ekvadorga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida yarim himoyachi gol urdi (2:0).

“Barella eng yuqori darajada, lekin rivojlanishda davom etmoqda. U dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.

Uning Ekvador darvozasiga urgan goli haqiqiy chempionlarni belgilab beruvchi sovuqqonlikni ta’kidlaydi. Bunday mahoratga ega futbolchilarni kamdan-kam uchratish mumkin”, dedi Markizio Radio Serie A nashriga.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati