Gonkong ustozi: O‘zbekiston yuqori saviyada ekanini isbotladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 23:58
Biroz oldin jahon chempionati saralashining 4-turida O‘zbekiston Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvdan so‘ng Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Andersen matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Dastlabki 15 daqiqada juda zo‘r harakat qildik. Ammo keyin O‘zbekiston bosimni kuchaytirdi va ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Ular baribir yuqori saviyada ekanini isbotladi.

3:0 hisobida yengilgan bo‘lsakda, buni yomon natija demagan bo‘lardim. Raqibimiz safida bir qancha kuchli futbolchilar darajasini uchrashuvning hal bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Gonkong kabi mamlakat futboli uchun yuqori darajadagi futbolchilar kerak. Ayniqsa, O‘zbekiston, Eron kabi top jamoalarga qarshi kurash taklif etish uchun bu narsa juda muhim. To‘g‘ri, natijadan to‘laqonli tarzda qoniqmadim.

Juda oddiy gollarni qabul qilib oldik. Ammo shuni aytishim mumkinki, yigitlar bor kuchi bilan harakat qilishdi. Ularga bu uchun minnatdorchilik bildiraman!", - dedi mutaxassis.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati