Kasbini ulug‘lagan qo‘riqchilar reytingi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 23:56
Ko‘pincha darvozabonlar xizmatlariga yarasha qadr-qimmatga ega bo‘lmaydilar, omadsiz o‘yinlardagi xato-kamchiliklar esa ularning zimmalariga yuklanadi.To‘g‘ri, mohir posbon - yarim jamoa degan o‘rinli hikmat ham yo‘q emas. Juda ko‘p hollarda aynan birinchi raqam sohiblari o‘yin taqdirini hal qiladilar. Shu bois, ularga doimo alohida e’tibor bilan yondashish kerak. Quyida  hozirda faoliyatida eng ko‘p «quruq» o‘yinlarni o‘tkazgan ishonchli posbonlar bilan tanishamiz.Voysex SHENSNI (141ta «quruq» o‘yin)Yoshligidan o‘z kasbining ustasi bo‘lgan Shensnining faoliyati yaxshi jamoalarda o‘tmoqda. Massimiliano Allegrining «Yuventus»ida taqdirning o‘zi Voysexdan kamroq to‘p o‘tkazishni taqozo etadi. Shu sababli 33 yoshli polshalik posbon «A» seriyasida «quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha yetakchilar beshligida bormoqda. U chempionat doirasida 20ta gol qo‘yib yubordi, gollar soni ko‘proq bo‘lishi hech gap emasdi. Taajjubki, «keksa sinyora»ning himoya chizig‘i talabga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli, darvozani tajribali posbon qo‘riqlashi muhim ahamiyat kasb etadi.EDERSON (151ta)«Manchester Siti»ning braziliyalik darvozaboni tez orada mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zining sobiq qo‘shnisidan o‘zib ketishi mumkin. Joriy mavsumda «shaharliklar» nisbatan ko‘proq gol o‘tkazib yuborayotgan bo‘lsalarda, bu g‘alaba qozonishlariga monelik qilmayapti. 30 yoshli kiper hamon Xosep Gvardiola jamoasining muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Albatta, barcha kasbdoshlari qatori Ederson ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin ko‘p hollarda o‘z darvozasini jonbozlik evaziga ishonchli qo‘riqlaydi. Uning yoshi va mahoratini inobatga olganda, yana ko‘plab «quruq» o‘yinlarni o‘tkazishga qodir.Tibo KURTUA (166ta)Shubha yo‘qki, Kurtua haqli ravishda dunyoning eng sara darvozabonlari safidan joy oldi. Belgiyalik «Real»ni juda ko‘p marta 100 foizlik gollardan saqlab, chinakam pos­bon ekanligini maydonda isbotlagan. Hech bo‘lmaganda, 2022 yildagi «Liverpul»ga qarshi YECHL finalini esga olsak, Tibo fantastik mahoratni namoyish etgandi. 31 yoshli darvozabon jarohat olganligi sababli joriy mavsumda bir marta ham maydonga tushmadi. Lekin Andrey Lunin uning yo‘qligini umuman sezdirmayapti. Shu sababli, «qaymoqranglilar»da hammasi joyida Kurtua qaytgach, ishlar yanada yurishib ketadi - Tibo «quruq» o‘yinlar sonini oshiradi, chunki bu mohir posbon darvozasini zabt etish oson emas.Mark-Andre ter Shtegen (171ta)«Barselona»da ham ijobiy natijani ta’minlay oladigan ishonchli ijrochi bor. Xavi davridagi chempionlik mavsumida ter Shtegen ko‘plab o‘yinlarda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlash bilan bosh qahramon rolini o‘ynadi. Biroq 31 yoshli nemis ham jarohat tufayli joriy mavsumning bir qator o‘yinlarida maydonga tusha olmadi. Lekin baribir, «quruq» o‘yinlar bo‘yicha La Liganing top-ettiligidan joy oldi. Mish-mishlarga binoan, Mark-Andrega Saudiya klublarida qiziqish katta. Biroq posbon yuksak saviyadagi faoliyatini davom ettirish niyatida. Muhimi - «ko‘k-anorranglilar»ning sifatli tarkibi, ter Shtegen esa uyaltirib qo‘ymaydi.Manuel NOYER (172ta)Bu yigitning «Bavariya»dagi faoliyati shu qadar uzunki, aslida u «Shalke»da tarbiyalangan ekanligini ko‘pchilik unutib ham yuborgan. 2011 yildan beri «Rekordmayster» darvozasini qo‘riqlayotgan futbolchi jamoaning eng obro‘li o‘yinchilaridan biriga aylangan. Mish-mishlarga binoan, Yulian Nagelsmanning iste’foga chiqarilishiga 37 yoshli darvozabon ham aloqador ekan. Biroq inkor etib bo‘lmaydigan fakt shuki, Manuel o‘z vazifasini doimo a’lo darajada bajarib kelgan va hozir ham yuksak saviyada to‘p surmoqda. Ehtimol, Germaniya mezbonligida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ham u birinchi raqamli darvozabon maqomida ishtirok etar. Rahbariyat qanday qarorga kelishidan qat’iy nazar, Noyer yana bir necha mavsumda har qanday jamoaga yordam qo‘lini cho‘zishga shay holatda.Yan OBLAK (203ta)Sloveniyalik darvozabon hikoyamiz qahramonlari orasidagi super rekordchi. U o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minlash borasida 200talik marrani bosib o‘tgan yagona futbolchi. Shunday yuqori mahorat sohibi uchun 4ta sovrin kam, albatta. Biroq 31 yoshli posbonni «Atletiko»dagi shart-sharoitlar to‘liq qanoatlantirmoqda. Yan 2014 yildan beri «matraschilar» sharafini munosib himoya qilmoqda. O‘shanda madridliklar uni «Benfika»dan 16 mln. yevroga sotib olishgandi. Shundan beri Oblakning qiymati bir necha baravarga oshib ketdi, o‘zi esa hamon ishonchli va barqaror o‘yinni davom ettirmoqda. Qisqasi, «matraschilar» faoliyatida parvoz va pasayishlar uchrab turadi. Lekin darvozabon doimo yuksak saviyada.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati