E’tirof etilmagan murabbiy

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 23:22
O‘tgan mavsumda xizmatiga yarasha e’tiborga loyiq ko‘rilmagan «Inter»ning kamsitilishi joriy mavsumda ham takrorlanadi, shekilli...Hech  bo‘lmaganda, ayrim OAVda. Biroq Simone Inzagining ijodkorona mehnati jamoa o‘yinlarida sezilmay qolmayapti. Qizig‘i shundaki, Xavining  «Barselona»dagi o‘rindoshi xususidagi qizg‘in munozaralarda Inzagi nomini endi tilga ola boshladilar.Hozir Simone «San-Siro»da va Istanbuldagi mag‘lubiyatga qaramasdan, 2025 yilgacha amal qiladigan manfaatli shartnoma bilan taqdirlashganidan baxtiyor ekanligiga shubha yo‘q. Lekin odatda buyuk murabbiylarni doimo top-klublarga bog‘lashadi. Taajjubki, Inzagi o‘sha buyuklarning biri emas. Yoki avvalgi ro‘yxatlarda ham bo‘lmagan.Ayni pallada Yurgen Kloppning yozda jamoani tark etishiga oid qaroridan nima qilishni bilmay qolgan «Liverpul» yangi murabbiyni izlamoqda. Tomas Tuxel va Erik ten Xag esa kuchli bosim ostidalar. Ularning biri bosimni ko‘tara olmadi, ikkinchisi so‘roq ostida. Bu nomdor ikki jamoa boshqaruvini kim o‘z zimmasiga olishi xususidagi bahs-munozaralarda ham Inzagini tilga olishmadi. Qiziq, nima uchun? Ayrimlar so‘nggi bir yil ichida Simone «Inter»da kuchli bosim ostida qolgani, saviyasi pasayib ketgan jamoaning yetakchi kvartetdan joy olishi xavf ostida qolganligini aytishadi. Biroq «neradzurri» bosh direktori Juzeppe Marotta «klub hech qachon, bir soniyaga bo‘lsada murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamaganligini» ta’kidlagandi.Buning asosiy sababi shuki, 2021 yilning notinch yozida Antonio Konte, Ashraf Hakimi va Romelu Lukaku klubni tark etishgach, aynan Inzagi murakkab vaziyatga barqarorlik baxsh etgandi. Kontening ketishiga klub mutasaddilari pandemiya oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy muammolar tufayli yetakchi futbolchilarni sotib yuborishgani sabab bo‘lgandi. Buni tushunish mumkin, lekin asosiy yarim himoya­chi Kristian Eriksenning o‘yinda tanaffus olishiga va Lukakuning «Chelsi»ga o‘tishiga kim va nima uchun ruxsat berganini tushunishning umuman iloji yo‘q.Inzagi o‘z jamoasini aynan belgiyalik hujumchi atrofida shakllantirishni mo‘ljallagan, hatto jamoani qabul qilishdan avval u bilan maslahatlashib olgandi. Omadsiz yoz faslidan keyin «Inter» vise, prezidenti Xavyer Zanetti esa muxlislarni «mashaqqatli va murakkab mavsum»dan ogohlantirgandi. Shuningdek, klub afsonasi Simonening samarali ish olib borayotganligini ta’kidlab o‘tgandi. Yangi bosh murabbiy esa kutilganidan ham yaxshiroq ish yuritdi.Skudettoning yo‘qligi alamli zarbaga aylandi: «Inter» chempionatdagi 9ta finalning 8tasida g‘alaba qozondi, lekin «Bolonya»dan qabul qilgan halokatli mag‘lubiyat tufayli g‘oliblikni «Milan»ga berib qo‘ydi. Shunga qaramasdan, Inzagi jamoani Italiya Kubogi turnirida shohsupaga olib chiqdi, 10 ichida ilk marta «neradzurri» YECHLning 1|8 finalida o‘ynadi. Yevroarenadagi o‘tgan yilgi ishtirok muvaffaqiyatli bo‘ldi: Simone ikki marta Xavidan ustun keldi, «Inter» esa «Barselona»dan 4 ochkoni yulib oldi. Jamoadagi ichki muammolarni pisand qilmagan holda, Simone jamoasi qishki tanaffusdan keyin ham xalqaro arenadagi shiddatli parvozni davom ettirdi. «Portu» va «Benfika» to‘siqlaridan o‘tgan «Inter» keyin «Milan»ni ikki marta taslim etdi va qudratli «Manchester Siti»ga qarshi hal qiluvchi bahs yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. E’tiborli jihati shundaki, Istanbulda qayd etilgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat Inzagining milanliklar klubi bilan qayd etgan yagona omadsizligi bo‘ldi. Murabbiy «San-Siro»ga kelganidan keyin Italiya Kubogidagi 2ta, Italiya Superkubogidagi 3ta hal qiluvchi bellashuvni o‘z foydasiga hal qildi.Ana shu yagona mag‘lubiyat nafaqat ish beruvchilar, balki o‘yinchilar o‘rtasida ham Simonening obro‘-e’tiborini oshirib yubordi. Darhaqiqat, Inzagi davrida «Inter»ning o‘yini tubdan o‘zgardi, murabbiy barcha shogirdlarining ishonchini qozondi. «Biz yuqori pressing uslubida o‘ynaymiz, u bizga to‘pni raqib yarim maydonida egallab olish, darvozani zabt etish sharoitini yaratish va raqib o‘yinchilarini to‘xtatib qolish imkoniyatini beradi», - degandi jamoaning to‘purar hujumchisi Lautaro Martines. Inzagi davrida yuksak saviyaga ko‘tarilgan hujumchi hozir o‘z faoliyatidagi eng sermahsul mavsumni o‘tkazmoqda. Martines yolg‘iz yulduz emas. Simonening avvalgi jamoasi - «Lasio»dan o‘tgan Franchesko Acherbi ham murabbiy ishonchini to‘la oqlamoqda. Federiko Dimarko esa jahon futbolidagi eng ishonchli qanot himoyachilaridan biriga aylandi, Hoqon Chalxanoglu pleymeyker pozisiyasidagi chinakam kashfiyot maqomini oldi. Bu futbolchilar yuksak saviyadagi o‘yinlari uchun Simonedan juda minnatdorlar.«Uning futbolchilar bilan muloqoti, o‘zini tutishi biz uchun muhim ahamiyatga ega. U doimo g‘alaba qozonishni istaydi, harakatlarimiz sekinlashib qolganda jahli chiqadi. Lekin mashg‘ulot tugagach, bag‘ri keng, beozor insonga aylanadi va istalgan mavzuda miriqib suhbatlashadi», - deydi Hoqon.Marotta esa klubga kelganidan beri «Inter»ning bunchalik ishonchli to‘p surishiga duch kelmagani, bunga o‘tgan mavsumda barcha tanqid va bosimlarga dosh bergan va o‘z vazifasini talab darajasida uddalagan Inzagi sababchi ekanligini tan olgandi. Yakunda Simone g‘oliblik mentalitetiga ega bo‘lgan qudratli jamoani shakllantira oldi. Hozir uning shogirdlari 2-o‘rindagi «Milan»dan 14 ochkoga uzoqlashgan holda, chempionlik masalasini deyarli hal qilib qo‘yishdi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati