«Bunyodkor» stadionida Gonkong ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 23:20
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichining 4-turidan o‘rin olgan bahsda Gonkong ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

«Bunyodkor» stadioniga terma jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun minglab muxlislar tashrif buyurishdi va kutilganidek gollar shousiga guvoh bo‘lishdi.

Dastlab uchrashuvning 20 daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, zahiradan maydonga tushgan Erkinov va Urunov o‘yinga nuqta qo‘yishdi. Ayniqsa Erkinovning goli esda qolarli bo‘ldi.

Tan olish kerak realizasiya borasida hali ham muammolar bor, bu bizga «katta» o‘yinlarda pand berishi mumkin.

Ayni vaqtda O‘zbekiston JCh 2026 saralashining 3-bosqichiga muddatidan avval yo‘l oldi.

Uchinchi bosqichga umumiy 18ta yo‘llanma beriladi va bu ishtirokchilar 3 guruhga bo‘lib yuboriladi. Har bir guruhdan 1- va 2-o‘rinni olganlar JCh yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Har bir guruhdan 3- va 4-o‘rinni olganlar esa yana 2 guruh bo‘linib 1-o‘rinni olgan ikkitasi Jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati