Radmanovich: Har bir o‘yinda biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 23:14
Biroz avval Jahon chempionati saralashining 4-turida O‘zbekiston Gonkongni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ko‘pchilik buni oson g‘alaba, deb hisoblaydi. Aslida, unday emas. Raqib biz uchun yaxshigina qarshilik ko‘rsata oldi.

Bizda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, hisob yanada yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Ammo imkoniyatlarning barchasidan to‘la foydalanish imkonsiz masala. Umumiy qilib aytganda, biz g‘alabaga loyiq edik.

Tarkibda yosh futbolchilar ko‘pligi hammani quvontiradi. Ularni yanada ko‘proq jalb etilishi odatiy hol. Ular mamlakat futbolining kelajagi sanaladi.

Husanov, Fayzullayev, Erkinov kabi nomlar tobora o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ishqibozlarni xushnud etmoqda.
Bunday yosh yigitlarimiz soni ko‘payib borishiga ishonamiz va ularni kashf etish bo‘yicha ham izlanishda davom etamiz.
Keyingi uchrashuv haqida o‘ylashimizga hali vaqt yetarli, deb o‘ylayman. Hozir bugungi g‘alabani va undagi kamchiliklarimizni tahlil qilib chiqishimiz kerak.
Shuni aytishim mumkinki, har bir o‘yinda biz g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi mutaxassis.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati