Zelenskiy ukrainalik musulmon askarlarni taqdirladi.

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 22:56
Ukraina davlati rahbari Ukraina musulmon jamiyati vakillari bilan birgalikda iftorlik qilib, ukrainalik musulmon askarlarni taqdirladi.

“O‘tgan yili biz yangi an’anani boshladik - biz muqaddas Ramazonni shunday nishonlaymiz. Davlatimiz siyosiy rahbariyati, harbiy qo‘mondonligi, bizning Ukraina musulmon jamiyati vakillari, Qrim-tatar xalqi majlisi va diplomatik korpus – barchasi birgalikda”— dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy jangovar harakatlar tufayli normal hayot va xavfsizlikdan mahrum bo‘lgan xalqlar: Suriya, G‘azo, Liviya, Sudandagi odamlarga tinchlik va osoyishtalik tilagan. “Biz Ukrainada hayotni qadrlaydigan barchaga haqiqiy himoya tilaymiz. Urush natijasida uylari vayron bo‘layotgan barcha xalqlarga chinakam tinchlik tilaymiz. Biz davlatimizga va boshqa barcha xalqlarga adolat tilaymiz. Ushbu Ramazon oyi barchamizni - xalqimizni, davlatimizni qo‘llab-quvvatlasin”, — dedi Vladimir Zelenskiy.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati