Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarishga ikki marta yaqin kelganini tan oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 22:44
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo faoliyati davomida ikki marta Portugaliya terma jamoasini boshqarishga yaqin kelganligini tan oldi.

"Ikki marta Portugaliya terma jamoasi eshiklari men uchun ochilgan edi. Birinchi holat "Real Madrid"da bo‘lgan. Klub prezidenti Florentino Peres menga: "Joze, bu mumkin emas", degandi. Ikkinchi martada esa pushaymon bo‘lishim mumkin, chunki bir necha oy o‘tgach, meni "Roma"dan haydab yuborishdi. Lekin bundan afsuslanmayman, chunki rad etish sababidan xursandman", - dedi Mourinyo.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo "Roma"dan haydalganidan keyin yanvar oyidan beri ishsiz.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati