• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Ukrainada strategik temir yo‘l liniyasini portlatib yubormoqchi bo‘lgan agentlar qo‘lga olindi

Ukrainada strategik temir yo‘l liniyasini portlatib yubormoqchi bo‘lgan agentlar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 22:34
Ukraina xavfsizlik xizmati Poltava viloyatida temir yo‘l liniyasini portlatib yuborishga uringan diversantlar qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

«Poltava viloyatida o‘tkazilgan maxsus operasiya natijasida FSBning ikki xodimi jinoyat ustida qo‘lga olindi. Hujumchilar Ukrainaning markaziy va sharqiy viloyatlarini bog‘lovchi temir yo‘l liniyasining bir qismini portlatib yuborishga uringan», — deyiladi SBU Telegram’dagi xabarida.

Qayd etilishicha, ular qo‘poruvchilik uchun qo‘lbola portlovchi moslamani harakatlanuvchi tarkibning yo‘l va elektr ta’minoti tizimi yaqiniga o‘rnatgan.

«Kelajakda hujumchilar portlovchi moddalarni masofadan boshqarish pulti yordamida portlatishni rejalashtirgan», — deyiladi xabarda.

SBUning ta’kidlashicha, ayblanuvchilar bunga ulgurmagan, chunki ular voqea joyida bo‘lim xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, ular portlash sodir bo‘lgan taqdirda Ukraina Qurolli kuchlari uchun qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va yoqilg‘i yetkazib berish uchun logistika yo‘nalishlarini buzishga umid qilishgan.
«Ularning rossiyalik kuratori, 5-FSB xizmatining mansab xodimi bilan jinoiy harakatlarni muvofiqlashtirgan mobil telefonlari hibsga olinganlardan tortib olindi. Uning shaxsi allaqachon Xavfsizlik xizmati tomonidan aniqlangan. Aynan u agentlar oldiga joriy yilning 21-22 mart kunlari rossiyalik terrorchilar tomonidan Ukrainadagi muhim infratuzilma ob’ektlariga ommaviy havo hujumlari uyushtirgan vaqtda temir yo‘lda qo‘poruvchilik qilish vazifasini qo‘ygan», — deyiladi xabarda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati