Osimxen PSJga o‘tishni orzu qilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 22:20
Viktor Osimxen Premyer-ligada emas, Fransiya chempionatida o‘ynashni afzal ko‘rmoqda.

Xabar qilinishicha, "Napoli" forvardi uchun "Chelsi", "Arsenal" va "PSJ" da’vogarlik qilmoqda. Il Mattino nashrining xabariga ko‘ra, nigeriyalik futbolchining "maxfiy orzusi" "PSJ" jamoasidir.

Shuningdek, Osimxenning joriy mavsumdagi formasini inobatga olgan holda uning uchun 120 million yevro tovon puli to‘lashga hech kim rozi bo‘lishi dargumon.

Prezident Aurelio De Laurentis o‘tgan yozda hujumchini Saudiya Arabistoni klubiga 130 million yevroga sotishdan bosh tortgan edi. Bunga Yaqin Sharq terma jamoasi takomillashtirilgan taklif yuborishiga umid bog‘langan edi, ammo bu amalga oshmadi. Endi "Napoli" xo‘jayini 120 millionga xursand bo‘ladi.

Joriy Italiya chempionatida Osimxen 17 uchrashuvda 11 ta gol urdi




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati