• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Senegalda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida muxolifat nomzodi Bassiru Diomaye Fay 53,7 foiz ovoz to‘pladi

Senegalda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida muxolifat nomzodi Bassiru Diomaye Fay 53,7 foiz ovoz to‘pladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 21:58

Bundan Senegal milliy avtonom saylov komissiyasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Diomaye Fayning asosiy raqobatchisi, hukmron koalisiya vakili Amadu Ba 36,2 foiz ovoz oldi.

Ta’kidlanishicha, bu dastlabki ma’lumotlar bo‘lib, saylov uchastkalarining 90 foizida byulletenlarni sanab chiqishdan so‘ng olingan. Saylovning rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. Senegalning amaldagi prezidenti Maki Sal va hukmron koalisiya vakili Amadu Ba Diomaye Fayni prezidentlik saylovining birinchi bosqichidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Bassiru Diomaye Fay 44 yoshda. U Senegal prezidenti etib saylangani yakuniy tarzda tasdiqlansa, Afrikaning eng yosh prezidentiga aylanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati