• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Eron BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasini «ijobiy, ammo yetarli bo‘lmagan qadam» deb atadi

Eron BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasini «ijobiy, ammo yetarli bo‘lmagan qadam» deb atadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 21:52

Eron BMT Xavfsizlik kengashining Ramazon oyida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi qarorini «ijobiy, ammo yetarli bo‘lmagan qadam» deb atadi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kenani ma’lum qildi.

Kenanining ta’kidlashicha, o‘t ochishni to‘xtatish qarorini tasdiqlashdan ko‘ra muhimroq narsa uni amalga oshirish uchun samarali choralar ko‘rishdir.

Unga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektori va G‘arbiy sohilga hujumlari butunlay to‘xtatilishi, gumanitar blokada butunlay bekor qilinishi kerak.

Kenanining aytishicha, xalqaro gumanitar yordamning G‘azoga kengroq miqyosda kirib kelishi uchun o‘tish joylari qayta ochilishi kerak.
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili infratuzilma va ustki tuzilmalarni, xususan, shifoxonalarni tezda tiklash uchun xalqaro yordam va moliyaviy manbalar taqdim etish muhimligiga to‘xtaldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati