Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning Konstantin Olshanskiy desant kemasiga zarba berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 20:28
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning "Konstantin Olshanskiy" desant kemasiga "Neptun" raketasi bilan zarba berdi — Ukraina harbiy-dengiz kuchlari vakili Dmitriy Pletenchuk.

2014 yilda Qrimning anneksiya qilinishi vaqtida Ukrainaga tegishli ushbu kema (ukraincha nomi "Kostyantin Olshanskiy") Rossiya tomonidan egallab olingan. Kema buxtada uzoq vaqt davomida foydalanilmasdan turgan va keyinroq demontaj qilingan edi. 2023 yilda Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Ukraina hujumlari natijasida yirik desant kemalaridan ayrila boshlagach, "Konstantin Olshanskiy"ni qayta tiklagan.

Ukraina harbiy-dengiz kuchlari, shuningdek, Qrimda Rossiyaning "Ivan Xurs" kemasiga hujum qilingani haqida ham e’lon qildi.

Pletenchukning so‘zlariga ko‘ra, zarba natijasida "Ivan Xurs" kemasining hujum qismidagi muhim uskunalariga zarar yetkazilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati