• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiyada deputatlar mamlakatda o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish masalasini ko‘tardi

Rossiyada deputatlar mamlakatda o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish masalasini ko‘tardi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 35
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 19:42
Davlat Dumasi deputatlari o‘lim jazosini Rossiyaga qaytarishni taklif qilishdi.

Rossiya parlamenti quyi palatasining yalpi majlisida deputatlar mamlakatda o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriyni bekor qilish masalasini ko‘tardi. Muhokamalar Crocus City Halldagi terakt fonida bo‘lib o‘tdi.

«Adolatli Rossiya - Haqiqat uchun» partiyasi rahbari Sergey Mironov uning partiyasi terrorchilar va pedofillarga o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha referendum o‘tkazishni talab qilishini aytdi. Mironov referendumni 2024 yil 8 sentyabr, Yagona ovoz berish kunida o‘tkazishni xohlashlarini qo‘shimcha qildi.

Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, o‘z navbatida, o‘lim jazosini qaytarish uchun referendum o‘tkazishning hojati yo‘q – Konstitusiyaviy sudning qarori yetarli ekanini aytdi.

Senator Andrey Klishas o‘lim jazosi haqida spekulyasiya qilmaslikka, balki Rossiya Federasiyasi Konstitusiyaviy sudi raisining Konstitusiyani o‘zgartirmasdan o‘lim jazosini qaytarish mumkin emasligini aytgan nutqini diqqat bilan o‘qib chiqishga chaqirdi. Rossiya Federasiyasi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati