BMT sanksiyalariga qaramay Rossiya Shimoliy Koreyaga neft yetkazib bermoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 19:20

Bu haqda Financial Times nashri ma’lum qildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish 7 martdan boshlangan. Shu oyda Shimoliy Koreyaning kamida 5 ta tankeri Rossiyaning Uzoq Sharqidagi "Vostochniy" portidan neft mahsulotlari bilan chiqib ketgani sun’iy yo‘ldosh tasvirlari bilan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi Pxenyanga neft yetkazib berishga qattiq cheklov kiritgan, Moskva bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan edi.

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina mart oyining o‘zida Rossiya Shimoliy Koreyaga ming barrel neft mahsulotlarini yetkazib bergan, bu ruxsat etilgan yillik kvotaning chorak qismi demakdir.

"Ushbu neft jo‘natmalari hozir qulash arafasida turgan sanksiyalar rejimiga to‘liq miqyosli hujum bo‘layotganini anglatadi", — deya ta’kidladi KXDRga qarshi sanksiyalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi BMT guruhining sobiq koordinatori Xyu Griffits.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati