Ericsson Shvesiyadagi yana 1200 nafar xodimini qisqartiradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 19:08
Shvesiyaning telekommunikasiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi Ericsson kompaniyasi buyurtmalar hajmi kamaygani sababli 1200 ga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi.

Ericsson muhim investisiyalarni saqlab qolgan holda global xarajatlarni kamaytirish rejasi doirasida xodimlar sonini qisqartiradi, dedi kompaniya.

Kompaniya samarali faoliyatni oshirishga qaratilgan tashabbuslar 2024 yil davomida davom etishini ta’kidladi. «Davom etayotgan global tashabbuslarning bir qismi sifatida Ericsson Shvesiyada taxminan 1200 nafar xodimni qisqartiradi. Kompaniya kasaba uyushmalari bilan muzokaralarni boshladi», — deyiladi xabarda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, uyali aloqa tarmog‘i bozoridagi og‘ir vaziyat va mijozlar ehtiyotkorligi tufayli buyurtmalar hajmining yana qisqarishi 2024 yilda kutilmoqda.

Avvalroq kompaniya 2023 yil boshida butun dunyo bo‘ylab 8500 ga yaqin kishini qisqartirishini e’lon qilgan edi. Ushbu tashabbuslar doirasida Shvesiyada 1400 nafar xodim ishdan bo‘shatildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati