Shohjahon Ergashev: «Chempionlik kamari uchun yana qaytadan urinishni boshlayman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:40
Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da’vogar Shohjahon Ergashevning ringga qaytayotgani haqida xabar bergan edik.

Hamyurtimiz 28 mart kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etiladigan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi prof boks oqshomida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga panamalik charm qo‘lqop ustasi Xuan Xuyertas raqiblik qiladi.

"To‘rt oylik tanaffusdan keyin yana ringga qaytyapman. Duoda bo‘lgan barchaga katta rahmat. Qo‘ldan kelganicha g‘alaba uchun harakat qilaman. Chempionlik kamari uchun yana qaytadan urinishni boshlaymiz. Amerikadagi yurtdoshlarimiz 28 mart kungi jangda kelib qo‘llab- quvvatlaysizlar degan umiddaman", - dedi Ergashev.

Ma’lumot uchun, Xuan Xuyertas faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 17 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. G‘alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev o‘tgan yilning 26 noyabr kuni AQSHda IBF chempioni Sabriel Matiasga qarshi jang qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Bu uning faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati