Superliga. «Neftchi» minimal hisobda «Metallurg»dan ustun keldi va yana 1-o‘ringa qaytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:38
Superliga 3-turida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 88-daqiqasida moldovalik Katalin Karp kiritgan gol "yo‘lbarslar"ga 3 ochko keltirdi.

3 ta turda 100 foizlik natija qayd etgan "Neftchi" 9 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam. "Metallurg" 2 ochko bilan 10-pog‘onada.

"Neftchi" — "Metallurg" 1:0Gol: 88 - Katalin Karp (Boyan Siger)Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘rayevQanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim NexochinZaxira hakami: Umidjon RahimjonovVAR hakami: Akobirxo‘ja ShukurullayevAVAR hakami: Anvar MarajabovNazoratchi: Valentin KovalenkoKomissar: Jahongir Rahmatullayev"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 4.Boyan Siger, 20.Anvar G‘ofurov, 7.Jasur Jaloliddinov ( 23.Diyor Turopov,59), 8.Katalin Karp,  11.Javohir Qahramonov (24.G‘ulomxaydar Gulyamov, 90), 19.Mirzohid G‘ofurov (55.Manuchehr Safarov, 71) (s) , 70.Abbos G‘ulomov , 77.Bilolxon Toshmirzayev (18.Mixay Roman, 46), 99.Effiong Nsungusi (9.Xusayn Norchayev, 71)Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboyev, 21.Muxsin Ubaydullayev, 10.SHoxruz Norxonov, . "Metallurg": 87.Akmal Ortiqov (s),  24.Davron Ergashev, 15.Abbos Otaxonov,  33.Ivan Yosovich, 14.Abror Toshqo‘ziyev,  22.SHahzodbek G‘ofurbekov, 6.Xudoyshukur Sattorov ( 11.Daler Sharipov,90),  7.Sardor Abduraimov (31.Marko Milichkovich, 79), 8.Iskandar Shayqulov (4.Kerim Palich, 72),  97.Boban Jorjevich, 10.SHahzodbek Ubaydullayev.Zaxira: 35.Rahimjon Davronov, 19.Ergash Ismoilov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 21.Hazrat Tursunqulov, 27. Behruz Abdullayev, 88.Sirojiddin Qo‘ziyev.

Ogohlantirishlar: 8 - Katalin Karp, 56 - Mixay Roman, 86 - Davron Ergashev




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati