Ryudiger nemis jurnalistini sudga berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 17:36
Antonio Ryudiger nemis jurnalistini sudga berdi.

Jurnalist Xulian Reyxelt "Real Madrid" va Germaniya terma jamoasi himoyachisi joylagan suratga izoh berib, futbolchi ISHID bilan bog‘liq ishorani ko‘rsatganini aytdi.

"Antonio Ryudigerning islomiy salomini har bir kishi ko‘rdi. Germaniya Konstitusiyasini himoya qilish federal idorasi bu ishorani “ISHIDga yo‘naltirilgan barmoq” deb ataydi", — deb yozdi Reyxelt ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur surat Ryudiger tomonidan Ramazon oyining boshlanishi sharafiga joylashtirilgandi. U shunday deb yozgan edi: “Alloh tutgan ro‘zalarimizni va ibodatlarimizni qabul qilsin”.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati