APLning fitnachi futbolchisi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:36
«Brentford» hujumchisi Nil Mope - APLdagi eng nopok o‘yinchilardan biri, balki eng yomonidir.

Doimo u qandaydir mojaroga sababchi bo‘ladi. jumladan, oxirgi o‘yinlarda u bolalarga xos qiliqlarni namoyish etdi. Xo‘sh, hujumchi qanday «karomatlarni ko‘rsatdi?

22-turdagi «Tottenxem»ga qarshi bahsda (2:3) hisobni ochgan Nil golni raqib o‘yinchisining uslubida nishonladi. Ya’ni, qo‘li bilan nayza uloqtirayotgandek harakat qildi - «taqachilar» yarim himoyachisi Jeyms Meddison o‘z gollarini shunday nishonlaydi. Qo‘shimchasiga, Mope Meddison to‘qnashuv uyushtirib, orani ochiq qilishga kirishdi.

«Ehtimol, sen so‘nggi yillarda o‘z uslubingni yaratish uchun yetarli gol ura olmay, mening usulimdan nusxa ko‘chirgan ko‘rinasan», - dedi Jeyms o‘yin nihoyasiga yetganidan keyin. Nil esa ijtimoiy tarmoqlar orqali javob yo‘lladi: «Afsuski, biz g‘alaba qozona olmadik. Mening faoliyatimdagi gollar Meddisonnikidan ko‘proq, quyi liga tushish ketishlar esa, kamroq». Bu bilan Mope Meddisonning 2022/23 yillar mavsumida «Lester» bilan APLni tark etganiga sha’ma qilgandi. Ha, Nil o‘z faoliyatida 100ta gol urgan, Jeyms esa 81ta. Lekin fransiyalik futbolchi hujum chizig‘ida, ingliz esa markazda to‘p surishini ham inobatga olish lozim.

Nil faqat Meddisonga tegajog‘lik qilish bilan cheklanib qolgani yo‘q. Kristian Romeroning jizzaki tabiatidan xabardor bo‘lgan hujumchi ongli ravishda raqibini turtib ketdi. Keyin Deyan Kulushevskiga nisbatan qo‘pollik ishlatib, sariq kartochka oldi. Tanaffusga chiqish paytida esa u bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan jabrdiyda raqiblaridan qochib, kiyinish xonasidan chiqmadi.

Ikkinchi bo‘limda «Tottenxem» 3ta gol urgach, Mopening rangi o‘chib ketdi. Brennan Jonson va Risharlison esa o‘z gollarini aynan Meddison uslubida bayram qilish bilan Nilga «otashin salom» yo‘lladilar. Keyin fransuz qitmirlik bilan raqiblarini qo‘pollik ishlatishga majbur qilmoqchi bo‘ldi. Lekin urinishlari natija bermadi
Keyingi turda Mope «Manchester Siti» himoyachisi Kayl Uolkerning jig‘iga tegib, «tomosha» ko‘rsatishga urinib ko‘rdi. Xabarlarga ko‘ra, uchrashuvning 82, daqiqasida Nil raqib futbolchisining oilasini haqorat qilganligi lab harakatlarini «O‘qiy oladigan» mutaxassislar tomonidan aniqlangan. Uolker esa uchrashuv hakamiga murojaat qilgan: «Men uni nokautga uchratmoqchiman. Chunki u mening bolalarimni haqorat qildi. Boz ustiga, 1 marta emas, keyin yana takrorladi».
«Men bunday qilmaganman. U tuhmat qilmoqda, hammasi yolg‘on. Men rost gapiryapman», shu so‘zlar bilan Nil yana suvdan quruq chiqdi.
Biroq bu Nilning Angliyadagi faoliyatida yuz bergan yagona voqea emas.
Mope «Arsenal»  posbonini safdan  chiqardi

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati