Qashqadaryodagi shifoxonalardan biridagi zinapoya ostidan chaqaloq topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 17:30
Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonalardan biridagi zinapoya ostidan chaqaloq topildi.

21 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya bo‘limi binosining ikkinchi qavatga ko‘tarilish zinasining tagiga chaqaloq noma’lum shaxs tomonidan tashlab ketilgan. Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati tarqatgan xabarda. Ta’kidlanishicha, chaqaloq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda tug‘ilganiga yigirma kun bo‘lgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan. Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgani, sog‘lig‘i yaxshi ekani bildirilgan.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati