• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Onalar o‘limi darajasi 34 foizga, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi esa 26 foizga kamaygan

Onalar o‘limi darajasi 34 foizga, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi esa 26 foizga kamaygan

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 9
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 30-07-2024, 18:38

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarovning axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, birlamchi bo‘g‘inda onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlari amaliyotga joriy etilgani, bu yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam takomillashtirilishi natijasida onalar o‘limi darajasi 34 foizga, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi esa 26 foizga kamaygan.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimasiya bo‘limlari va poliklinikalarda bolalar bo‘limlari tashkil etilgan. Qolaversa, barcha “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 20 ming bolalar hamishirasi hamda patronaj-doya lavozimi joriy etilgan. Tuman, (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida “bolalar bo‘limlari”, “qizlar salomatligi” bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati