Anchelotti: «Chempionlar ligasida yutishni istasang, eng kuchlilarni mag‘lub etishing kerak»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 15-03-2024, 23:34
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa chempionlar ligasi chorak final bosqichiga tashlangan qur’a borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. «Bu murakkab raqib, ammo chorak finalda hech kimga oson bo‘lmaydi. Bor e’tiborimiz turnirda g‘alaba qozonishga qaratilgan. Chempionlar ligasida yutishni istasang, eng kuchlilarni mag‘lub etishing kerak.Ehtimol, «Man Siti» kuchliroqdir, ammo biz buni amalda ko‘rishimiz kerak. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni istayman. Buning uchun esa «Manchester Siti» mag‘lub etishimiz shart.Har ikki jamoada optimistik kayfiyat yuqori. Biz jang qilishni istaymiz. «Manchester Siti»dagi qanday fikrdaligini bilmadim, ammo ular ham biz kabi o‘ylayotgan bo‘lsa kerak», – dedi Karlo Anchelotti.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati