Arauxo Barsa bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 17:12
"Barselona" himoyachi Ronald Arauxoga mehnat shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirishni taklif qildi, ammo urugvaylik futbolchi Kataloniya klubiga javob berishga shoshilmayapti. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" Arauxoning xatti-harakatidan juda hayratda. Qayd etilishicha, himoyachiga asosiy da’vogar “Bavariya” allaqachon “ko‘k-anorranglilar”ga 100 million yevro miqdorida og‘zaki taklif bilan chiqqan, biroq ispan klubi o‘z futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor emas.

Joriy mavsumda Arauxo “Barselona” safida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali Urugvay milliy futbolchisini 70 million yevroga baholamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati