Assanjni Britaniyadan AQShga ekstradisiya qilish kechiktirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 16:52
Assanjni Britaniyadan AQShga ekstradisiya qilish kechiktirildi. U apellyasiya berish imkoniyatiga ega bo‘ldi

London Oliy sudi AQSh hukumati oldiga Wikileaks asoschisi Julian Assanjni ekstradisiya qilish uchun bir qator shartlar qo‘ydi. Bu shartlarni bajarish uchun uch hafta vaqt ajratilgan va agar Vashington ularni bajarmasa, Assanj ekstradisiya qarori ustidan apellyasiya shikoyati berishi mumkin va u ko‘rib chiqiladi.

Amalda bu Assanjning Buyuk Britaniyadan AQShga ekstradisiya qilinishi yaqin bir necha hafta ichida amalga oshirilmasligini bildiradi.

Sud Qo‘shma Shtatlardan uch hafta ichida quyidagi kafolatlarni taqdim etishni talab qiladi:

????Assanj so‘z erkinligini kafolatlovchi AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishni qo‘llashi mumkin bo‘ladi;

????Avstraliya fuqaroligi AQShdagi sud jarayonida uning manfaatlariga zarar keltirmasligi;
????va agar aybdor deb topilsa, u o‘limga hukm qilinmaydi.
Agar sud bunday kafolatlarni olmasa, Assanj apellyasiya berishi mumkin. Agar kafolatlar olingan bo‘lsa, unda bu jarayonning oxiri emas: apellyasiya shikoyati bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishidan oldin tomonlar keyingi iltimoslarni berishlari mumkin, deyiladi sud tomonidan e’lon qilingan qarorda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati