Fasli navbahorning go‘zal ayyomi — Navro‘zi olam Polshada keng nishonlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 16:28
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Eron, Afg‘oniston, Iroq, Hindiston va Pokiston diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda Frederik Shopen nomidagi musiqa akademiyasida Navro‘z bayrami munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Varshavada akkreditasiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, "LOT Polish Airlines" kompaniyasi rahbariyati va Polshaning yetakchi OAV vakillari ishtirok etdi.

Konsert dasturi doirasida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" shiori ostida yurtimizda Navro‘z bayramini nishonlash bilan bog‘liq qadimiy an’analarga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, Navro‘z kunlari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan milliy sport o‘yinlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari haqidagi videoroliklar mehmonlar e’tiboriga taqdim etildi.

Bundan tashqari, diplomatik vakolatxona xodimlari mamlakatimiz boy tarixi, milliy urf-odatlari va turizm salohiyati to‘g‘risidagi materiallarni ishtirokchilar o‘rtasida tarqatishdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati