Moskvada 20 yoshli yigit tishini oldirgandan keyin vafot etdi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-07-2024, 23:04
Moldova fuqarosi Moskvadagi stomatologiyaga kelganidan keyin vafot etgan.

Yigit shu yil 11 iyul kuni tishidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilib, stomatologga murojaat qilgan. Do‘xtirlar tishni olib tashlagan, ammo keyin noma’lum sababga ko‘ra qon ketishi uzoq vaqtgacha to‘xtamagan. 20 yoshli yigit Zvenigorod kasalxonasiga yotqizilgan.

To‘rt kundan keyin bola kasalxonadan chiqadi, lekin qon ketishi to‘xtamaydi.

Ikki kundan so‘ng yigitcha yuz-jag‘ plastik xirurgiyasi va stomatologiya klinik markaziga boradi. U yerdagi mutaxassislar bemorda katta qon yo‘qotilganini payqab, uni reanimasiya bo‘limiga yotqizishadi.

“Shifokorlarning harakatiga qaramay, yigitni qutqarib bo‘lmadi. U 24 iyul kuni ertalab vafot etdi”, — deyiladi xabarda.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari vaziyatni o‘rganmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati