• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zganing bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuchi sifatida ulanib olgan uddaburon o‘g‘rilar qo‘lga olindi

O‘zganing bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuchi sifatida ulanib olgan uddaburon o‘g‘rilar qo‘lga olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:52
Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida yashovchi 20 yoshli YU.O. IIOga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 2.525.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtrilignaligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida yashovchilar 18 yoshli M.B. hamda 24 yoshli E.M.lar sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, M.B. va E.M.lar jabrlanuvchi YU.Oga "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 2.525.000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.B. va E.M.larning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati