• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi

Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:46
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Sankt-Peterburg shahrida yurtimiz sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi, Sankt-Peterburg shahar hukumati Tashqi aloqalar, Turizmni rivojlantirish qo‘mitalari va Pulkovo aeroporti rahbariyati hamda yetakchi turkompaniyalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz bosh konsuli Abdurahmon Maxmudov ko‘rgazmaning ochilish qismidagi taqdimotida Samarqand viloyatini turizm markaziga aylantirish borasida olib borilayotgan ishlar, shu jumladan turli konferensiya va marosimlar o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburgdagi vakili Vladimir Zapevalov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. U, shuningdek, rossiyalik turistlarni O‘zbekistonga sayohat qilishga chaqirdi.

Sankt-Peterburg shahar hukumati Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi muovini Yevgeniy Kassyura o‘z nutqida shahar hukumati Toshkent va Samarqand viloyatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini bildirdi.

Rossiya oliy ta’lim muassasalaridan biridan tahsil olayotgan vatandosh talaba Latofat Inoyatova milliy bayramimiz — Navro‘zi olam haqida ma’lumot berdi. Ishtirokchilar ushbu bayram tarixi va Navro‘zni mamlakatimizda keng nishonlash maqsadida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati