• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiya BMT sanksiyalarini buzib, Shimoliy Koreyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri neft yetkazib bermoqda

Rossiya BMT sanksiyalarini buzib, Shimoliy Koreyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri neft yetkazib bermoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 38
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:40
Rossiya 2017 yilda BMT Xavfsizlik kengashi qo‘ygan cheklovlarga qaramay Shimoliy Koreyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri neft yetkazib bermoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Britaniyaning Royal United Services Institute (RUSI) tahliliy markazining ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 7 martdan beri Shimoliy Koreyaning kamida beshta tankeri Vladivostok yaqinidagi Vostochniy portidan neft mahsulotlarini olish uchun jo‘nab ketgan. Bu Rossiyadan KXDRga to‘g‘ridan to‘g‘ri dengiz orqali neft yetkazib berish bo‘yicha birinchi hujjatlashtirilgan jo‘natma. 2017 yilda BMT Xavfsizlik kengashi Moskva roziligi bilan Pxenyanning yadroviy qurol sinovlariga javoban ularni taqiqlagan edi.

RUSI tadqiqotchisi Jozef Birnning ta’kidlashicha, “Vostochniy” portidagi ba’zi kemalar ham BMTning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ularning neft yetkazib berish u yoqda tursin, xorij portlariga umuman kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini anglatadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati