Onkologik kasalliklarda ro‘za tutish. Mutaxassis tushuntirish berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 34
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:30
Onkolog shifokor Maqsud Mallayev saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga ro‘za tutish mumkin yoki qay holatlarda tavsiya etilmasligi bo‘yicha tushuntirish berdi.

Tavsiya qilinmaydi

Avvalambor, saraton kasalligi bosqichini va da’volash ketma-ketligini bilib olish kerak. Saraton kasalligining birlamchi davo muolajasini olayotgan yoki operasiya o‘tkazilganidan keyin hali ikki oy to‘lmagan bo‘lsa yoki kimyo va nur terapiyalari olinib, oradan ikki oy o‘tmagan bo‘lsa ro‘za tutish tavsiya qilinmaydi.

Qachon ro‘za tutish mumkin?

Har qanday saratonga qarshi olingan muolajalardan keyin, ikki oydan oshgan bo‘lsa ya’ni biz bu kasallikni yakuniga yetgan, remissiya (uyqu holatiga o‘tgan kasallik) holati deb baholanadi. Shunday holatlarda ro‘za tutish mumkin.

Kichik eslatma
Aynan oshqozon-ichak trakti saratoni bilan kasallangan bemorlarda operasiyalar, misol uchun: oshqozon, oshqozon osti bezi olib tashlangan holatlar, o‘t yo‘llari, jigar saratoni bilan og‘rigan bemorlarda remissiya holatida ham ro‘za tutish, kasallikni uyg‘otishga yoki organizmni keyingi kutiladigan davo muolajalarini olishga tayyorgarlik qismini to‘xtatib qo‘yishiga olib keladi. Bu bilan bizning davolash natijalarimiz normal holatdan ko‘ra pasayib ketishi mumkin.
Unutmang
Har qanday qarorga kelishdan avval shifokor bilan maslahatlashing!

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati