AQSh xavfsizlik sohasida Rossiyaga yordam bermoqchi emas

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:26
– Xavfsizlik sohasida AQSh Rossiyaga yordam berishni rejalashtirmayapti, – degan u. – Vashington Moskvada uyushtirilgan terakt ortida faqat “ISHID” terrorchi guruhi turibdi, deb hisoblaydi. Amerika maxsus xizmati guruh faoliyatini kuzatishda davom etmoqda. Aynan shu holat Rossiyani ogohlantirish imkonini berdi.

O‘tgan juma kuni Kirbi AQSh hukumati Moskvada tayyorlanayotgan terrorni avvaldan bilmagan, ikki hafta avval Oq uy Moskvadagi elchixonasini ogohlantirishi mazkur fojiaga daxldor emas, degandi.

Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov “RIA Novosti” muxbiri bilan suhbatda Oq uy tarqatgan bayonotga izoh bera turib, “ISHID”ning aloqadorligi bo‘yicha xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerakligi, mamlakat maxsus xizmati barchasiga oydinlik kiritishini aytgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati