Bangladeshda ichimlik suvi masalasi keskinlashmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:08
– Global harorat ham, dengiz sathi ham ko‘tarilmoqda, – deydi ushbu mamlakat qishloq xo‘jaligi va kooperativni rivojlantirish vaziri Tazul Islom. – Biologiya xilma-xilligi va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer sho‘rlanishi kuchaymoqda, mamlakatdagi chuchuk suv manbalari qisqarmoqda. Kelgusida ichimlik suvi ta’minotini bir zayl qo‘llab-quvvatlash biz uchun muhim vazifaga aylandi.

Mulozim ichimlik suvi bilan bog‘liq inqiroz haqida gapirarkan, mamlakatda iste’mol miqdori muntazam ortib, yer osti suvi sathi tobora pastlayotganini eslatdi. Muammoni hal qilish uchun hukumat yomg‘ir suvini to‘plash, obi hayotdan samarali foydalanish chorasini ko‘ra boshladi. Ta’kidlanishicha, sanoat ob’ektlari va oqova tarmog‘idan chiqqan suvni tozalash kerak, chunki bunday suv nafaqat atrof-muhitni, balki chuchuk suvni ham bulg‘amoqda.

So‘nggi yuz yillikda suvga ehtiyoj butun dunyo bo‘ylab keskin oshdi. Mutaxassislar kelgusida suv tanqisligi yanada kuchayishini taxmin qilmoqda. Suvga talab oshishi, ifloslanish, zaxira cheklangani, infratuzilma talabga javob bermasligi, zarur ma’lumotga ega emaslik va boshqaruvdagi kamchilik dunyoning ko‘plab mintaqalarida ichimlik suvi bilan bog‘liq global tanqislikni yuzaga chiqarmoqda. “UN Water” tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Bangladesh aholisining faqat 59 foizi xavfsiz suv bilan ta’minlangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati