Taqiqlangan dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 37
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:04
Tezkor tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 25 turdagi 392 million so‘mlikdan ziyod tibbiy dori vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

Mamlakatimizda xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini olib kirishning o‘z tartibi bor. Afsuski, ayrim fuqarolar daromad topish maqsadida aylanma yo‘llar orqali ularni olib o‘tib, sotmoqchi bo‘layotganligi tashvishlanarlidir.

Qo‘qonlik A.A.tanishi F.M.dan chet elda ishlab chiqarilgan juda ko‘p miqdordagi tibbiy dori vositalarini olib, o‘z xonadonida saqlab kelgan.

DXX va Farg‘ona viloyati bojxonasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.J.ning boshqaruvidagi yuk avtomashinasi Dang‘ara tumani Chag‘ali qishlog‘i hududidan o‘tgan “Qo‘qon–Toshkent” avtomobil yo‘li bo‘ylab poytaxt tomon ketayotgan vaqtda to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Mazkur yuk avtomashinasida A.A.ga tegishli, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 10 ming dona “Metrogil 100 ml” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Shundan so‘ng tadbir davomida uning uyida saqlanayotgan xorijda ishlab chiqarilayotgan dorilar fosh etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Daliliy ashyo sifatida olingan 23 turdagi dori vositalari davlat reestrida ro‘yxatga olinmaganligi, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi hamda saqlash sharoitiga amal qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, dorilarni yurtimiz hududida sotish, tashish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlanganligi bo‘yicha xulosa berilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudi tomonidan A. A. 6 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilib, sud zalidan qamoqqa olindi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati