Turkiyada Rosatom ishtirokida Akkuyu AES qurilishi qarshi bosimlar bo‘layotgani aytildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 36
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 15:02
Turkiyada Rosatom ishtirokida Akkuyu AES qurilishiga qarshi ayrim kuchlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq va yashirin qadamlar tashlanmoqda. Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayraktar ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Uning qayd etishicha, elektr stansiyasi qurilishiga 30 ming kishi jalb qilingan. Alparslan Bayraktar respublika hukumati tashqi kuchlarning buzg‘unchi ta’siriga qaramay, birinchi reaktorni joriy yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Anqara bu borada «qat’iy» harakat qilishda davom etmoqda.

Rosatom Sinopda Turkiyadagi ikkinchi AESni ham qurish huquqini qo‘lga kiritgan. Avvalroq esa Rossiya davlat korporasiyasi Turkiyada uchinchi AES qurishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati