Namanganda kooperasiya asosida 364 bosh qoramol tarqatildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:56
Har bir tarmoqning rivoji oldingi yillardagi statistikalar bilan taqqoslanganda seziladi. Shuni inobatga olgan holda ba’zi raqamlarga to‘xtalamiz. Viloyatda qoramollar bosh soni o‘tgan yil yakuni bo‘yicha 780 ming boshdan ortiqqa yetkazildi. Natijada go‘sht ishlab chiqarish 176 ming tonna, sut ishlab chiqarish 775 ming tonna, tuxum yetishtirish 676 million donadan ortiqni tashkil etdi. O‘tgan yili viloyat miqyosida umumiy qiymati 509 milliard so‘mlik oltmishdan ortiq loyiha amalga oshirilgan. Natijada ming nafardan ortiq doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida Pop tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan yirik xo‘jalikda biogaz va biogumus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlariga 364 bosh chorva mollari kooperasiya usulida yetkazib berildi.

Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlash tarmoq istiqbolini belgilovchi omillardan sanaladi. Shuni inobatga olgan holda 21 ming gektardan ortiq ozuqa maydonida makkajo‘xori, hashaki lavlagi, oraliq ekinlar ekildi. Chorvachilik sub’ektlarida gidroponika texnologiyasi asosida ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish amalga oshirildi.

Xususan, viloyatning o‘n bir tumanida jami yigirma ikkita chorvachilik sub’ekti tomonidan gidroponika texnologiyasi asosida chorva ozuqasini yetishtirish tashkil etildi. Bunda har bir sub’ektda bir kunlik ishlab chiqarish quvvati o‘rtacha to‘rt yuz kilogramni tashkil etmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati