G‘azoda gumanitar yordam kutayotgan 560 kishi Isroil hujumlari qurboniga aylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 34
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:36
Isroil armiyasining G‘azo sektori shimolida navbatda turgan gumanitar yordam olish uchun kutayotgan falastinliklarga bugungacha uyushtirgan zarbalari natijasida jami 560 kishi halok bo‘ldi, 1523 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Falastin Qonunchilik kengashi a’zosi Mustafo Barguti ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi, deya xabarberdi Anadolu.

Jumladan, bir kun avval Isroil armiyasi G‘azo shahridagi Quvayt chorrahasida gumanitar yordam yuk mashinalari kelishini kutayotgan falastinliklarga tank va og‘ir qurollardan o‘t ochdi. 19 kishi otishma qurboni bo‘ldi, yana 23 kishi jarohat oldi.

19 mart kuni Isroil harbiylari G‘azo sektori markazidan shimolga qarab ketayotgan yuk mashinalari karvoniga hamrohlik qilayotgan mahalliy faollarga hujum qildi.

12 mart kuni ertalab Isroil harbiylari yuk mashinalari yuk mashinalari kelishini kutayotgan falastinliklarga qarata o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

29 fevral kuni ham xuddi shunday hodisa oqibatida 118 falastinlik halok bo‘lgan, yana 760 nafari yaralangan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati