Keksalarda suyak sinishi xavfini oshiruvchi omil aniqlandi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-07-2024, 19:04

???? Tibbiyot xodimlari qon bosimini tushiruvchi dorilarni qabul qilayotgan keksa odamlarga ko‘proq e’tibor berish lozimligini tan olishdi. Chunki yangi tadqiqot yoshi ulug‘ insonlar bu borada davolanishni boshlaganidan keyin ularda yiqilish bilan bog‘liq sinish ehtimoli ikki baravar oshishini aniqladi.

???? Tezda tik oyoqqa turganda birdan bosh aylanishidek yoqimsiz holat ko‘pchiligimizga tanish. Lekin keksalarda bosh aylanishining nojo‘ya ta’sirining oldi olinmasa, tuzatib bo‘lmaydigan asoratlarga olib kelishi mumkin. Keksa yoshda yiqilib, masalan son suyagining sinishi holatlarining deyarli yarmi 12 oy ichida erta o‘limga olib keladigan bir qator salomatlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

???????? 30 ming nafarga yaqin keksalar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar odatiy qon bosimini tushiradigan dori vositalari vaqtinchalik past qon bosimi xuruji tufayli to‘satdan bosh aylanishini keltirib chiqarishi, bu esa shundoq ham muvozanat bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlarda yiqilish va jiddiy jarohatlar olish xavfini yanada oshirishini aniqladi.

???? Bunday dorilarni qabul qilishni boshlagandan keyin 30 kun ichida son, tos, yelka, qo‘l suyagi singan 29 648 nafar keksa bemorlardan olingan ma’lumotlarni baholagan tadqiqotchilar, qon bosimini tushirishni boshlashdan keyingi 30 kunlik sinish xavfini potensial kovariatlarga o‘zgartirgandan so‘ng yiliga 100 kishiga 5,4 ni tashkil etganini aniqladilar. Dorilarni qabul qilmaydiganlar uchun xavf ikki baravar kamayib, ko‘rsatkich yiliga 2,2 kishiga tushdi.

???? Demensiya yoki yuqori sistolik qon bosimi bo‘lgan odamlarda ham yiqilish xavfi yuqori, ammo eng yaxshi natijalar qon bosimini tushiruvchi vositalarni yaqin orada qabul qilmagan bemorlarda kuzatildi.
????????‍???? Olimlarning aytishicha, suyak sinishi ko‘pincha qariyalarning faolligini tushirib yuboruvchi omil hisoblanadi. Masalan, son suyagini sindirib olganlarning taxminan 40 foizi bir yil davomida vafot etadi, shuning uchun ham bunday dorilarni qabul qilishni endi boshlayotgan qariyalarga g‘amho‘rlik qilish, ular uchun xavfsiz muhitni yaratish, ko‘proq dam olishiga e’tibor qaratish muhim.
???? Tadqiqot “Journal of the American Medical Association” jurnalida chop etilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati