PSJ himoyachisi jamoadan ketadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:32
31 yoshli himoyachi Leven Kurzava "PSJ"ni tark etadi. Bu haqda insayder Nikolo Shkira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tajribali fransuz futbolchisi erkin agent sifatida parijliklar jamoasini tark etadi. Uning klub bilan shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Kurzava 2015 yildan buyon "PSJ"da o‘ynab kelmoqda.

Joriy mavsumda Leven faqat bitta uchrashuvda ishtirok etdi. Avvalroq matbuotda himoyachi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Levenning xizmatlariga UEFA Chempionlar ligasiga yo‘l olishni maqsad qilgan "Jirona" qiziqmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati