Pillachilikda Vyetnam tajribasi qo‘llanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 35
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 26-03-2024, 14:26
Toshkent viloyatida “kumush tola” yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan joriy yil fevral oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar qatorida ilg‘or xorijiy tajribalar, jumladan, Vyetnam davlatining yutuqlarini o‘rganish va pillachilik sohasida investorlarni jalb etish topshirig‘i berilgan edi. Bu borada hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosarlari Botir Alimbekov hamda Zuhra Mirgaziyeva boshchiligidagi bir guruh soha mutaxassislari, tadbirkorlar Vyetnamda bo‘lib turibdi. Ular mazkur davlatning bir qator pillachilikka ixtisoslashgan kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.

Xususan, delegasiya a’zolari Bak Nin, Xanoy, Xun Yen, Lam Dong provinsiyalarida aholi xonadonlarida tut ko‘chatlarini yetishtirishdan tortib, ipak qurti boqish, uy sharoitida pilla tolasini qayta ishlash, undan ip-kalava, shoyi mato hamda ipak gilam to‘qish kabi bir qator jarayonlar bilan tanishmoqda.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, Vyetnam pillakorlari yiliga 4 martagacha hosil oladi. Ularning sifatli mahsulot yetishtirish borasidagi yutuqlari esa dunyoga mashhur.

Endilikda mazkur soha bo‘yicha Toshkent viloyatida 90 ming nafar xotin-qizning bandligi ta’minlanadi. O‘z navbatida fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining dala chetlariga jami 7 million tup tut ko‘chati ekiladi. Bu orqali ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati