“Miyaga xatarli zarba”: Insult nega yoshlar orasida ham uchramoqda?

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-07-2024, 15:28
So‘nggi yillarda dunyo aholisi orasida insultga chalinish holatlari tobora ortib bormoqda. Achinarlisi, noto‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki yoshlar orasida ham tez-tez kuzatilyapti.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori Yashin Ahmadov ushbu kasallikning turlari, kelib chiqish sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari haqida ma’lumot beradi.

— Insult – inson hayotiga zomin bo‘ladigan jiddiy xastalik, — deydi mutaxassis. — U eng ko‘p tarqalgan o‘lim sabablari orasida uchinchi o‘rinda turadi. Qolaversa, bu dard dunyo aholisi orasida nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bois bu kasallikning oldini olish choralari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish foydadan holi emas.

Insult – bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi tufayli miya to‘qimasining shikastlanishidir. Uning ikkita – gemorragik va ishemik turlari bor.

Gemorragik insult – miya to‘qimasiga, to‘r osti bo‘shlig‘iga yoki miya qorinchalariga qon quyilishi bilan kechadigan miyadagi qon aylanishining o‘tkir buzilishidir. Xastalikning bu turida barcha belgilar ishemik insultdagiga qaraganda ancha yaqqol namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, insultning bu turida bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan bo‘lib, ensa mushaklarida spazm hosil bo‘ladi va ko‘z to‘r pardasiga qon quyiladi. Gemorragik insult to‘satdan boshlanib, juda tez rivojlanadi.
Ishemik insultda bosh miyani ozuqa bilan ta’minlovchi asosiy qon-tomirlar trombozga uchraydi, ya’ni berkilib qoladi yoki mayda tomir tarmoqlarida spazm rivojlanadi.
Miya qon aylanishining buzilish nuqsonlari insonda bir necha oy, hatto yillar davomida paydo bo‘ladi. Ular insult belgilariga o‘xshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida davom etishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha bu alomatlar tezda o‘tib ketadi va miya faoliyati tiklanadi.
Lekin bunday tiklanishlarga ishonmaslik kerak, ishemik kasallik yillar davomida surunkali ravishda miya to‘qimalarini yemirib boradi.
Insultga olib keluvchi omillarning deyarli barchasining oldini olish mumkin. Bu omillar: qonda xolesterin miqdorining oshib ketishi, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish va tamaki chekish, kamharakatlik, ruhiy zo‘riqishlar, ateroskleroz, arterial gipertoniya, qandli diabet va yurak aritmiyasi kabilardir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati